Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“Nurafshon” mahallasida xonadon o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini, Firdavsiy ko‘chasi, 18-uyda yashovchi fuqaro I.Tursunova xonadonida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, mahalla ijtimoiy xodimi R.Yunusov hamda xotin-qizlar faoli X.Ergasheva hamrohligida fuqaroning yashash sharoiti, oilaviy holati va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro I.Tursunova farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish hamda buning uchun amaliy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan fuqaroning oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati o‘rganilib, farzandini mahalla hududidagi 57-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilganligi inobatga olinib, farzandining maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishi uchun belgilangan oylik to‘lovni imtiyozli tartibda bepul amalga oshirish masalasini hal etish bo‘yicha mahalla xotin-qizlar faoli X.Ergashevaga tegishli topshiriq berildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi. Belgilangan topshiriqlarning ijrosi, farzandni maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish hamda oilaga yaratiladigan imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyatlari nazorat qilib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6