Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 1-Sanoat saylov okrugidan saylangan deputati N. Sadritdinov tomonidan “Objuvoz” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning yashash sharoitlari, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari hamda hududni obodonlashtirish masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud masalalarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati tartibida so‘rovlar yuborilishi hamda ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 5