Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan fuqaro U.Tojiboyevaning murojaati yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O.Kurbanov tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Qo‘qon shahar “G‘ishtli Masjid” MFY, Movarounnahr ko‘chasi 7-uy, 106-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Tojiboyeva Umidaxonning murojaatida ko‘tarilgan masalalar, shuningdek, hududdagi qurilish va renovatsiya ishlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Taqdim etilgan rasmiy javobga ko‘ra, aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida Movarounnahr ko‘chasida joylashgan 1957-yilda qurilgan, foydalanish muddati o‘tgan va ma’nan eskirgan 3 ta 2 qavatli, 18 xonadonli turar joy binolari o‘rnida renovatsiya dasturi asosida 3 ta 9 qavatli, jami 134 xonadonli zamonaviy turar joy binolari barpo etilgan.

️Qurilish ishlari jarayonida hududdagi noqonuniy qurilmalar ham belgilangan tartibda olib tashlangan.

Shuningdek, deputatlik so‘rovi doirasida fuqaroga yer maydonlarini ajratish tartibi va amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish berildi. Shunindek, fuqaroga bo‘sh yer maydonlarini olish amaldagi tartib asosida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan auksion savdolari orqali amalga oshirilishi tushuntirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi