Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“Nurafshon” mahallasida xonadon o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini, Ahillik ko‘chasi, 12-uyda yashovchi fuqaro O.Akbarova xonadonida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, mahalla ijtimoiy xodimi R.Yunusov hamda xotin-qizlar faoli X.Ergasheva hamrohligida fuqaroning oilaviy sharoiti, ijtimoiy holati va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro O.Akbarova farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish hamda ushbu xizmatdan imtiyozli ravishda foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan fuqaroning oilaviy va ijtimoiy holati o‘rganilib, farzandlarini mahalla hududidagi 57-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqaroning ijtimoiy reyestrga kiritilganligi inobatga olinib, farzandlarining maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishi uchun belgilangan oylik badalni imtiyozli tartibda bepul amalga oshirish masalasini hal etish yuzasidan mahalla xotin-qizlar faoli X.Ergashevaga tegishli topshiriq berildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi. Belgilangan topshiriqlar ijrosi, farzandlarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish hamda oilaga belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar nazorat qilib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3