Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik 🏫 TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI


📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 21-Sharof Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat Ra’no Fozilova tomonidan biriktirilgan Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish, shuningdek, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📚 Jumladan, bo‘limning mas’ul xodimlari Keldiyev Raximjon, Pardakulov Rashid hamda Toshpo‘latova Zubaydalarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha olib borayotgan ishlari, ta’lim jarayonini takomillashtirish va pedagoglar malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, deputat va bo‘lim o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, ta’lim sifatini muntazam monitoring qilish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil etish hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
📋 O‘rganish yakunida ta’lim sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan masalalarni hamkorlikda hal etish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4