Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Deputat Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi

 Deputat Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi

22–Go‘zal saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan Dashtbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, taklif va tashabbuslari atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq batafsil tushuntirishlar berildi hamda masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, qabul davomida hududdagi infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida e’tiborda bo‘ldi.

📍 Mazkur deputatlik okrugiga quyidagi hududlar kiradi:

“Mehribonlik” MFY hududi:

Aksi ko‘chasi 26-berk, 27-berk, 28-berk, 29-berk, Aksi 5-o‘tish yo‘li ko‘chasi, To‘raqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on 17 va 17A berk ko‘chalari, To‘raqo‘rg‘on 11-proyezd, Zafar-Diyor, Oybek, Shodlik, H. Olimjon, H. Olimjon 1–2-proyezd, Olmazor, Mehmondo‘st, G‘olib, Olmaota ko‘chalari.

“Dashtbog‘” MFY hududi:

Shamshiddin qori, Mullo Tosh Oxun, Nabi Rahimov ko‘chalari, shuningdek Dashtbog‘ MFYning 4-, 5-, 6-, 7-o‘tish yo‘llari (Girvonsay) hamda Girvonsay ko‘chasi hududlari.

📍 Yuqoridagi hududlarda yashovchi fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatga murojaat qilishlari mumkin.

👉 Fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ularning yechimiga erishish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5