Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
CHILONZORDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI TANTANALI NISHONLANDI

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Chilonzor tumanida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan fidoyi va jonkuyar pedagoglar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi III-23-77-14-204-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Mazkur qaror bilan Chilonzor tuman mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tumanda faoliyat yuritayotgan ustozlar uchun bayram dasturxoni tashkil etish hamda esdalik sovg‘alari xarid qilishga yo‘naltirilgan.
Tumandagi “Rohat” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar jam bo‘ldi.
Tadbir davomida xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati, tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan barcha pedagoglarga samimiy tabriklar, ezgu tilaklar bildirildi.
Bayram dasturi doirasida el suygan taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturi namoyish etilib, ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Tadbir yakunida yosh avlodga bilim va tarbiya berib, tuman ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi ustozlarga tuman hokimligining esdalik bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Ustozga ehtirom — kelajakka ehtirom!

Slide 1 of 6