Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati K.Djumanazarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi O‘RQ-662-II-sonli “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining amaliyotdagi ijrosi, fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda xo‘jalik yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar masalalariga e’tibor qaratildi.

Fermer xo‘jaliklarining yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda belgilangan talablarga rioya etishi, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini saqlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy asosda hal etish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2