Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“Rayhon” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur uchrashuv va o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Adhamov hamda X.Abdullayevlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

️O‘rganish davomida davlatimiz rahbari raisligida 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mahalladagi ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, “Rayhon” MFYda 166 ta kam ta’minlangan oila “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan. Mahalla hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 30 ta mikroloyiha ishga tushirilishi natijasida 310 nafar oila a’zosining bandligi ta’minlangan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunga qadar 30 ta oilani “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarishga erishilgan.

Shuningdek, mahallada fuqarolar bilan ishlash tizimi, “mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7