Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
👥 Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F.Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida “Taroqli” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholining murojaatlari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📝 Jumladan, mahalla hududida aholi bilan ishlash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, bandlikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududda obodonlashtirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Suhbat davomida mahalla yettiligi vakillari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Deputat tomonidan esa aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Uchrashuv yakunida mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish va hududdagi dolzarb masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4