Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏫 326-sonli maktabda “Jasorat maktabi” faoliyati o‘rganildi
326-sonli maktabda “Jasorat maktabi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Olmazor tumanidagi 326-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurilib, maktab negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ning faoliyati, o‘quv-mashg‘ulotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud o‘quv-moddiy bazaning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔹 “Jasorat maktabi”da yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda intizom, mas’uliyat, jamoada ishlash, jismoniy chiniqish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, mashg‘ulotlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-mashg‘ulot jihozlari, inventarlar va boshqa moddiy-texnik vositalarga bo‘lgan ehtiyojlar o‘rganildi.

📌 Sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Olmazor tumani 326-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida tashkil etilgan ‘Jasorat maktabi’ning o‘quv-moddiy bazasini zarur jihozlar bilan ta’minlash xarajatlari uchun mablag‘ ajratish” masalasi yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, zarur jihozlarni belgilangan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda xarid qilish hamda yaratiladigan sharoitlarning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga amaliy ta’sirini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish, “Jasorat maktabi”ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

📋 Sessiya oldi o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tegishli tartibda sessiya muhokamasiga kiritish uchun umumlashtirildi.

Yoshlar uchun yaratilayotgan har bir sharoit — ularning kelajakdagi bilim, ko‘nikma va salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 10