Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Qo‘shtut mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi

Qo‘shtut mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi 26-Farobiy saylov okrugi deputati N. Kamalova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov ishtirokida Qo‘shtut mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot shaklidagi sayyor qabul tashkil etildi.

🤝 Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning qonuniy yechimini topish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

📌 Shuningdek, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosi bo‘yicha deputatlik nazoratini olib borish muhim vazifa sifatida belgilandi.

🗣 Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni joyida aniqlash va ularni hal etishning muhim vositasidir. Bunday sayyor qabullar orqali fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, mahalladagi dolzarb masalalarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🌿 Asosiy maqsad — fuqarolarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash orqali aholi roziligiga erishish.

Slide 1 of 4