Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Ijtimoiy reyestrda turuvchi oilaning ijtimoiy-maishiy holati o‘rganildi

Ijtimoiy reyestrda turuvchi oilaning ijtimoiy-maishiy holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati I. Abdullayeva tomonidan Kenagas mahallasi raisi Sh. Quryozov bilan hamkorlikda mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechim topish borasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Hamkor ko‘chasi, 54-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrda turuvchi Rahimova Ziynatjon Qodirberganovna xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti, oilaviy holati, mavjud muammolari hamda kundalik ehtiyojlari o‘rganildi.
Suhbat jarayonida xonadon vakillarining murojaatlari tinglanib, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, oilaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralarni belgilash, aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va ularning ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida, fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash va ijtimoiy ko‘makning manzilliligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Slide 1 of 1