#e'tirof
Odam savdosiga qarshi kurashda deputatlar faoliyatini rivojlantirish, deputatlik korpusi salohiyatini oshirish, deputatlarning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash hamda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov “Adolat” SDP Buxoro viloyati Kengashi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof odam savdosining oldini olish, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, deputatlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda partiyalararo hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlarga berilgan munosib baho bo‘ldi.
Hamkorlik bor joyda — natija, birlik bor joyda — taraqqiyot!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash