Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YANGI BARPO ETILGAN PIYODALAR YO‘LAGI — AHOLI UCHUN QULAYLIK

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman markazida barpo etilgan piyodalar yo‘lagining holati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida piyodalar yo‘lagining umumiy holati, qurilish sifati, qoplamaning sozligi, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda piyodalar harakati xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yo‘lakning kundalik foydalanish uchun qulayligi, atrof hududning obodonlashtirilganlik holati, piyodalar harakatiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish va infratuzilmani asrab-avaylash masalalari ko‘rib chiqildi.

Barpo etilgan piyodalar yo‘lagi fuqarolarning xavfsiz va erkin harakatlanishiga, hududning obodonlashishiga hamda tuman markazining yanada ko‘rkam qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2