Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Kengash_faoliyati
"Chinor" mahallasida O‘RQ-406 Qonun ijrosi va Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi!

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan izchil nazorat qilib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov  Kengashning 7-“Chinor” saylov okrugi deputati U.Jumayev okrugiga qarashli “Chinor” mahallasida bo‘lib, mahalladagi Yoshlar yetakchisining bugungi kundagi faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqdi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Mahalladagi amaliy natijalar:

3 nafar yosh doimiy va daromadli ish bilan ta’minlandi;
7 nafar yosh zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslariga yo‘naltirildi;
1 nafar yoshga o‘z biznesini boshlashi uchun 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish yakunida mahalladagi yoshlar bilan “xonadonbay” ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunar va daromadli mehnatga jalb etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, natijani ko‘rish va amaliy yechimga erishish demakdir.
Slide 1 of 1