Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Ma’rifat” mahallasida ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida
Mahallalarda fuqarolar uchun qulay, zamonaviy va munosib shart-sharoitlarni yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Ma’rifat” mahallasida bo‘lib, mahalla binosini qayta ta’mirlash ishlarining borishi o‘rganildi.

Tashrif davomida binoda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, ularning sifati va bajarilish holati ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar bilan suhbat davomida ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlari yakunlangach, mahalla binosida fuqarolarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yaratish, xodimlar uchun qulay ish muhitini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla binosini zamonaviy va qulay holatga keltirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun munosib sharoit yaratish bilan bog‘liq ishlarning borishi deputatlik nazoratiga olindi.
Slide 1 of 4