Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
SARMICH MAHALLASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, mahallalarda birlamchi tibbiy yordamning samarali tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi Oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning qabul bo‘limi faoliyati va fuqarolarni qabul qilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida qabul bo‘limida fuqarolarni qabul qilish tartibi, bemorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, shifokor ko‘rigini tashkil etish hamda aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qabul bo‘limida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, kutish joylari, tibbiyot xodimlarining faoliyati va bemorlarning murojaatlariga munosabat bildirish holatiga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda inson manfaatlari, qulaylik va xizmat sifati ustuvor bo‘lishi, fuqarolar murojaatlariga e’tibor bilan yondashish hamda tibbiy ko‘riklarni o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2