Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi


Sariosiyo tumanida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib qadrlash va ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
Shu munosabat bilan xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “6-Yangihayot” saylov okrugidan saylangan deputati A.Safarov hamda “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputati N.Chorshanbiyeva, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasriddinov ishtirokida Aeroport mahallasida joylashgan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagoglar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar xususida fikr almashildi.

Shuningdek, maktabda ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi pedagoglarning mehnati alohida e’tirof etildi. Uzoq yillik pedagogik faoliyati, kasbiga sadoqati va ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari uchun bir guruh ustozlar munosib taqdirlandi.

Tadbir davomida ta’lim tizimidagi mavjud masalalar, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash va maktab jamoasini yanada rag‘batlantirishga oid takliflar ham muhokama qilindi.

Zero, ustoz — jamiyatning ma’naviy tayanchi, yosh avlod kelajagiga yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk kasb egasidir. Ularning mashaqqatli va sharafli mehnatiga munosib ehtirom ko‘rsatish, fidoyi ustozlarni qadrlash barchamizning ezgu burchimizdir.

Slide 1 of 2