Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda migratsiya masalalarini tizimli hal etish, xorijda mehnat qilayotgan hamda Vatanga qaytgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tajriba va bilimlaridan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar yoshlarning muammolarini bevosita tinglash va ularga manzilli yechim topishga xizmat qilmoqda.

Namangan shahar Yoshlar shtabida “Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida migratsiyada bo‘lgan va migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazildi.

Dastlab migratsiyadan qaytgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning bandlik, kasb-hunarga o‘qitish, shuningdek, xorijda orttirilgan tajriba va innovatsiyalar asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat va hokim tomonidan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish masalalari doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 11