Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Namangan shahrida “Iqtidor maktab ansambli” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tanlov Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazildi.

Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni san’atga keng jalb etish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Unda ishtirok etish uchun 783 ta jamoa onlayn ro‘yxatdan o‘tib, 6264 nafar yosh sektor va maktab bosqichlarida o‘zaro bellashdi. Saralash bosqichlari yakunida eng sara 53 ta maktab jamoasi shahar bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda jami 424 nafar o‘quvchi o‘z mahoratini namoyon etdi.

Tadbirda Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamolov ishtirok etib, yoshlarga omad va zafarlar tiladi, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ishtirokchilar milliy kuy-qo‘shiqlar va turli musiqa asarlarini jonli ijroda taqdim etib, badiiy saviya, sahna madaniyati va jamoaviy uyg‘unlik kabi mezonlar asosida baholandi.

Yakunlarga ko‘ra, 31-sonli umumta’lim maktabining “Shodiyona” ansambli eng yuqori natijani qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Slide 1 of 10