Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA: KICHIK TADBIRKORLIK VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA: KICHIK TADBIRKORLIK VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev Mirobod tumanidagi “Yangi Mirobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan poyabzal ta’mirlash ustasi bilan suhbatlashib, uning faoliyati, mavjud imkoniyatlari va ish sharoitlarini o‘rgandi.

🤝 Samimiy muloqot davomida kichik tadbirkorning faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, faoliyatni yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔺 Suhbatda ustoz-shogird an’anasini davom ettirish, hunarga qiziqishi bo‘lgan yoshlarga poyabzal ta’mirlash sirlarini o‘rgatish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali yoshlarni foydali mehnatga jalb etish, ularga kasb o‘rgatish va bandligini ta’minlash bilan birga, qo‘l mehnatiga asoslangan hunarlarni keyingi avlodlarga yetkazish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

💼 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar bandligi, aholini ish bilan ta’minlash, mahalladagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish masalalari bilan mazmunan bog‘liq.

💡 Shuningdek, faoliyatni kengaytirish orqali qo‘shimcha bandlik imkoniyatlarini yaratish, hunarga qiziqqan yoshlarni ustozga biriktirish va ularning kelgusida mustaqil kasb egasi bo‘lib shakllanishiga ko‘maklashish yuzasidan takliflar bildirildi.

🗣 Otabek Jiyanboyev mahallalarda xizmat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun qulay sharoit yaratish aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirishning muhim omillaridan biri ekanini ta’kidladi.

✅ Hududlarda ana shunday kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bevosita o‘rganish, ularning murojaat va takliflarini tinglash hamda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining aholi manfaatlariga qaratilgan muhim yo‘nalishlaridan biridir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7