Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi

To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi

🏘 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 16-“Ko‘chkak” saylov okrugidan saylangan deputati Qodirov Bexzod Normamatovich To‘da mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

🌧 Uchrashuv davomida fuqarolar To‘da mahallasidagi “Qo‘shtut” ko‘chasidan o‘tuvchi soyda yog‘ingarchilik kunlari suv sathi ko‘tarilib, sel kelishi oqibatida soy orqali xavfsiz harakatlanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqida murojaat qildilar. Ayniqsa, maktab o‘quvchilari va aholining kundalik qatnovi jarayonida noqulayliklar kuzatilayotgani bildirildi.

🌉 Mazkur murojaatni inobatga olgan holda, deputat tomonidan “Qo‘shtut” ko‘chasidan o‘tuvchi soy ustidan aholining, ayniqsa maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida ko‘prik qurish masalasini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

📄 Shu maqsadda Boysun tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i J.Q.G‘afforov nomiga 2026-yil 28-sentabrdagi 120-ds-398-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.

🤝 Mazkur deputatlik so‘rovi orqali aholi ko‘targan masalani joyida o‘rganish, mavjud muammoni bartaraf etish choralarini belgilash va fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoit yaratishga e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1