Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
YERDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

YERDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi raisi Xushnudbek Romanberganovich Sultonov Davlat kadastr agentligi Tuproqqalʼa tumani bo‘limida yerdan foydalanish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ushbu yo‘nalishda shakllantirilgan tahliliy maʼlumotlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida tumanda yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, yer maydonlarining belgilangan maqsadda ishlatilishi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yerdan foydalanishda qonunchilik talablariga rioya etilishi holatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat kadastr agentligi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi O‘ktamboy Ataniyozov tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, aniqlangan holatlar hamda ular yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muloqot davomida yerdan foydalanish sohasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yer resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash, shuningdek, kelgusida qonunbuzilish holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida masʼullarga yer munosabatlari sohasida qonuniylikni taʼminlash, nazorat-tahlil ishlarini kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1