Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan tumanning “Qoronqul” mahallasida joylashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotining binosi, guruh xonalari, yordamchi xonalar va umumiy hududi ko‘zdan kechirildi. Muassasada tarbiyalanuvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgani, xonalarning holati yaxshi ekani hamda bolalarning ta’lim-tarbiya olishi va kundalik mashg‘ulotlarini olib borishi uchun zarur qulayliklar mavjudligi aniqlandi.

🔻Shuningdek, kuz-qish mavsumida tarbiyalanuvchilar uchun qulay haroratni ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari ham ko‘rib chiqildi. Muassasaning isitish tizimi mavsumga tayyor holatga keltirilgani, uning barqaror ishlashi uchun zarur choralar ko‘rilgani qayd etildi. Muassasada mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, hududning obodonligi va sanitariya holatiga ham e’tibor qaratilgan. Bino va atrof hududda tartib va tozalik ta’minlangani, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratilgani ta’kidlandi.

🔻Deputat tomonidan mas’ullarga mavsum davomida isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash, mavjud sharoitlarni asrab-avaylash, sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya etish hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni doimiy saqlab borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2