Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Mahalla boshqaruvida samaradorlik va hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Mahalla boshqaruvida samaradorlik va hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmoni ijrosi yuzasidan Taxiatosh tumanida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi Otemisov Sharapat Jangabaevich, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Matniyazov hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limi boshlig‘i Q.Ametov ishtirok etdi.

📍 “Shamchiroq” MFY aholisi hamda tuman mahalla raislari bilan o‘tkazilgan majlisda Farmonda belgilangan vazifalar, mahalla boshqaruvini yanada samarali tashkil etish va hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Uchrashuv davomida mahalla raislarining faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlashni kuchaytirish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar ilgari surildi.

🤝 Mahalla — aholi bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin va muhim bo‘g‘in. Shu bois uning faoliyatini samarali tashkil etish hududdagi muammolarni tezkor aniqlash va amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3