Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“Orolbo‘yi uchun ekologik mas’uliyat — har birimizdan boshlanadi”
 “Orolbo‘yi uchun ekologik mas’uliyat — har birimizdan boshlanadi”

“Orolbo‘yi — bu faqat bugungi kunimiz emas, farzandlarimiz kelajagi hamdir. Shuning uchun tabiatni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik madaniyatni yosh avlod ongiga singdirish har birimizning mas’uliyatimizdir.”
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Orolbo‘yi hududining ekologik holatini yaxshilash, hudud iqlimiga mos intensiv bog‘larni rivojlantirish va yashil hududlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Kegeyli tumanidagi zamonaviy intensiv bog‘ tajribasini butun Qoraqalpog‘iston bo‘ylab kengaytirish, intensiv bog‘lar maydonini 10 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgani qayd etildi.

Aralbaeva Inkar Karlibayevnaning ta’kidlashicha, Orolbo‘yida ekologik barqarorlikni ta’minlash faqat yirik loyihalar bilan emas, balki har bir hududda ekologik madaniyatni shakllantirishdan boshlanadi.

“Deputat hamda maktab rahbari sifatida men ekologik tarbiyaning naqadar muhimligini yaxshi anglayman. O‘quvchiga tabiatni asrashni, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanishni bugundan o‘rgatsak, ertaga ekologik mas’uliyatni his qiladigan avlodni tarbiyalagan bo‘lamiz.”
Bugungi kunda Orolning qurigan tubida yashil qoplamalar yaratish, cho‘llanishga qarshi kurashish va mahalliy iqlimga mos o‘simliklarni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

🌱 Ekologik barqarorlik — bir kunlik tadbir emas. Bu kelajak avlod oldidagi doimiy mas’uliyatdir.

— Aralbaeva Inkar Karlibayevna
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat.