Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan aholini bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.B.Sirojiddinov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

So‘rov asosida tibbiyot muassasalarida imtiyozli toifaga mansub bemorlarni bepul dori-darmon bilan ta’minlash va dori vositalaridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi.

Javob xatida bemorlarning dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji tibbiy holati va kasallik turidan kelib chiqib shakllantirilishi, imtiyozli toifadagi fuqarolar doimiy hisobga olinishi hamda surunkali xastaligi bor va uzoq muddatli davolanishga muhtoj bemorlar belgilangan tartibda dori vositalari bilan ta’minlanayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, bepul dori olish huquqiga ega fuqarolar ro‘yxatini muntazam yangilash, dori vositalarining zaxirasi va sarfini nazorat qilish, retsept asosida dori olish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari belgilangan.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, aholini bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash va tibbiy xizmat sifatini oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3