Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Qo‘qon shahrida “Soyali-sayil ko‘chasi” barpo etiladi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan shaharda aholiga qulay, obod va ekologik sof muhit yaratish, yashil hududlarni kengaytirish maqsadida muhim qaror qabul qilindi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Kengashning VII-29-74-11-166-K/26-sonli qarori bilan Qo‘qon shahrining “Muqimiy” MFY hududidagi Osiyo va Sangzor ko‘chalarida 3,1 gektar maydonda “Soyali-sayil ko‘chasi” tashkil etiladi.

Mazkur hududda zamonaviy sug‘orish tizimi barpo etilib, mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va ko‘chatlar ekiladi. Obodonlashtirish ishlari jarayonida aholining turar joylari hamda tadbirkorlik subyektlariga tegishli mulklarga daxl qilmaslik choralariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, “Soyali-sayil ko‘chasi” hududidagi yashil maydonlarni asrash, daraxtlarni nobud qilishning oldini olish hamda ushbu hududda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.

Qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3