Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Yangibo‘ston MFYda aholi uchun qulay savdo infratuzilmasi yaratilmoqda

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati E. Rajabov o‘ziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda o‘z saylov okrugidagi Yangibo‘ston MFY hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari doirasida o‘rganishni olib bordi.

O‘rganish jarayonida hudud aholisiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, savdo xizmatlari sifatini yaxshilash va fuqarolarning kundalik ehtiyojlarini yashash hududiga yaqin joyda ta’minlash maqsadida barpo etilayotgan dehqon bozori qurilishi bilan bevosita joyida tanishildi.

Yangi bozorning tashkil etilishi aholi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish, savdo xizmatlarini hududning o‘zida rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, qurilish jarayonining borishi, obyekt hududining tashkil etilishi, kelgusida savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar hamda aholi uchun yaratiladigan qulayliklar yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, hudud aholisi manfaatlarini inobatga olish hamda obyekt foydalanishga topshirilgach, uning aholiga qulay va samarali xizmat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2