Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
MIROBOD TUMANI PROKURORI “QIZIL TOIFA”DAGI YOSHLARNING MUAMMOLARINI TINGLADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim
bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.
 

Tumanimizning 2-sektor hududida Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi 5-Farovon saylov okrugi deputati G’.Xakimov hamda Mirobod tuman prokurori, 2-sektor rahbari A.Axunov tomonidan fuqarolar va “qizil toifa”dagi yoshlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.   

Qabulda Mirobod tumani hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlariga yechim izlandi. 

Qabulda asosan tadbirkorlik uchun subsidiya ajratish, OTM uchun to’lov kontrakt qarzdorliklari, uy-joy, kasallikka chalingan farzandini davolatish uchun kam ta’minlangan oila bo‘lgani sababli moddiy yordam olish va boshqa masalalar atroflicha o‘rganib chiqildi. 

Mas’ullar tomonidan har bir fuqaroning muammosini eshitib, ularni hal etish choralarini ko‘rildi. Ayrim masalalarni joyida o‘rganish zarurligi bois, tegishli boshqarmalar mutaxassislari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Shuningdek, ayrim fuqarolarga zarur tavsiya va ma’lumotlar berildi. 

Slide 1 of 6