Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
HAVOTOG‘DA FUQAROLARNING TADBIRKORLIK TASHABBUSLARI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog‘ QFYda fuqarolarga kredit olish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan tushuntirish berildi.

Xususan, Uch­turg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro U.Fozilovning chorva mollari xarid qilish orqali xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ko‘rib chiqildi.

Fuqaroga mazkur yo‘nalishda kredit olish tartibi, talab etiladigan hujjatlar va rasmiylashtirish jarayoni tushuntirildi. Natijada 50 million so‘m miqdoridagi kredit olish uchun zarur hujjatlar mahalla agenti tomonidan rasmiylashtirildi.

Jarayon davomida fuqaroning tashabbusini amalga oshirish, kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish va chorvachilik yo‘nalishida barqaror daromad manbasini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish, oilaviy daromadlarini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday amaliy ishlar mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1