Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Chilonzor tumanida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mahallabay o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari “Gavhar” mahallasida tashkil etilib, unda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich ham faol ishtirok etdi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M. Abdukadirov boshchiligidagi Kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish masalalari bo‘yicha maxsus shtab a’zolari bilan birgalikda mahallada ijtimoiy reyestrda turuvchi 7 ta oilaning ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 ishga joylashtirish va bandlikni ta’minlash;
🔹 kasb-hunarga o‘rgatish kurslariga yo‘llanma berish;
🔹 salomatlikni tiklash va tibbiy ko‘mak ko‘rsatish;
🔹 ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilash.
Muloqotlar natijasida 2 nafar fuqaroga tibbiy ko‘mak ko‘rsatish, 1 nafar fuqaroni doimiy ishga joylashtirish hamda 1 nafar fuqaroning ijara to‘lovini qoplab berish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Deputat Ahmedov Shuxrat Murotovich o‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlarini tinglab, aniqlangan masalalarni tegishli mas’ullar bilan muhokama qilish va ularning ijrosini nazoratga olishda ishtirok etdi.

Slide 1 of 4