Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
#biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi

📌 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Hayrondara” mahallasida amaliy o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish jarayonida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida mahalladagi mavjud holat, aholi bilan ishlash jarayonlari hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, “Hayrondara” hududiy bo‘limi faoliyati mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari asosida tahlil qilinib, 162 ta qonunchilik hujjati hamda 24 ta tavsiya ijrosi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish davomida qonunchilik hujjatlari va tavsiyalarda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilindi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

🇺🇿 Qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash va deputatlik tavsiyalarining amaliy natijadorligini oshirish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3