Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
📚 45-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I.Nuriddinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 45-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining mavjud holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasi hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

👥 Shuningdek, maktab jamoasi bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tegishli tartibda umumlashtirilib, ularning yechimi yuzasidan zarur choralarni ko‘rish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

🤝 Xalq deputatlari Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganish, aholi va muassasalar bilan muloqot qilish hamda mavjud muammolarni aniqlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 6