Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
O‘RQ-393-SON QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-son “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish ishlari doimiy komissiya raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hamda komissiya a’zosi Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Chilonzor tuman bo‘limida olib borildi.
O‘rganish davomida Qonunda belgilangan talablarning amaliyotga tatbiq etilishi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha tanqidiy fikr va takliflar ham bildirildi. Jumladan, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ish jarayonlarini yanada tizimli tashkil etish, sanitariya talablari ijrosini nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligi qayd etildi.
Deputatlar tomonidan qonun talablarini amalda ta’minlash faqat hujjatlar bilan cheklanib qolmasligi, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natija va mas’uliyat bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish va qonun ijrosini kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3