Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“Eskishahar” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini joyida aniqlash va hal etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.


Shu doirada, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shaharning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘libmahallada amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi ishtirokida muhokoma yig‘ilish o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla miqyosida ijrosini ta’minlash, “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish va aholining murojaatlarini joyida hal etish bo‘yicha vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.