Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
📝 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori talablarining tumandagi ijrosi yuzasidan masala muhokama qilindi.
🔎 Murojaatlar bilan ishlash holatini kompleks o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzilib, uning oldiga aniq vazifalar belgilandi.
📋 O‘rganish davomida:
▪️ fuqarolarning yozma, og‘zaki va elektron murojaatlarini qabul qilish;
▪️ fuqarolar qabullarining belgilangan grafik asosida tashkil etilishi;
▪️ murojaatlarning belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi;
▪️ elektron tizimlarda o‘z vaqtida qayd etilishi;
▪️ murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya qilinishi;
▪️ zarur hollarda joyiga chiqib o‘rganish amaliyoti;
▪️ mas’ul tashkilot va mutaxassislarni jalb qilish;
▪️ murojaatlarga berilayotgan javoblarning asoslantirilganligi;
▪️ rad etilgan murojaatlar bo‘yicha sabablarning ko‘rsatilishi;
▪️ murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning amalda hal etilishi holatlari o‘rganiladi.
📊 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.
🎯 Asosiy maqsad — murojaatlarni shunchaki ro‘yxatga olish emas, balki har bir murojaat ortida turgan muammoni aniqlash, uning qonuniy yechimini ta’minlash va fuqaroga amaliy natija berish.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ishchi guruhning tahliliy ma’lumoti doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinadi.