Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati va aholi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

👥 Jumladan, 9-“Konchi” saylov okrugi deputati B.Sharipov, 13-“Madaniyat” saylov okrugi deputati B.Xusanov, 5-“Yoshlar” saylov okrugi deputati M.Xudoyberdiyeva hamda 18-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati L.Karimova tomonidan tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i M.Yaxshiboyev bilan hamkorlikda mahallalardagi ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida:
🏘 ko‘p qavatli uylarning ichki ko‘cha va yo‘llari holati;
🚪 podyezlarning sanitariya va texnik holati;
🧹 uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonlashtirilganligi;
🌳 yashil hududlar va umumiy foydalanish joylarining holati;

💡 hududdagi mavjud muammolar va aholiga qulaylik yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

📝 Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va kommunal infratuzilma holatini muntazam o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi uchun qulay va munosib sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4