Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Kengashi deputatlarining nazorat-tahlil faoliyati hamda tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Mavlyanov Otabek Rustamovichning saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahallasida mahalla raisining faoliyati va ish yuritish holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ishchi guruh tarkibida ishtirok etdilar:

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ro‘yxatga olish hamda ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish tartibi, sohaga oid hujjatlarning yuritilishi va joylardagi ijro intizomi atroflicha tahlil qilindi.

Yakunda mahalla raisi va mas’ullarga fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mahalla hududida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7