Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahar 8-son texnikumida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Tadbir yakunida yoshlarga ta’lim olish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2