Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🚧 DASTUR ASOSIDA ASFALTLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI

📍 Dastur asosida og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Oq oltin mahallasining Ma’naviyat ko‘chasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari yakuni o‘rganildi.
🏛 O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov tomonidan olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida asfaltlash ishlarining yakuniy holati, bajarilgan ishlarning sifati hamda ko‘chani obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
✅ Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.