Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
TADBIRKORLAR BILAN DEPUTATLAR VA MASʼULLAR MULOQOTI

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputatlari – hokim N.Abduraxmanov, va Kengash Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi G.V.Shukurova ishtirokida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Muloqot davomida tadbirkorlarga Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonunning (02.05.2012 yildagi O‘RQ-328-son) yangi tahriri bilan amalga kiritilayotgan yangiliklar, unda tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan huquqlar, mulk daxlsizligini taʼminlash borasidagi normalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarning faoliyati bilan bogʻliq masalalar, ularning murojaatlari va mavjud muammolari bevosita muhokama qilindi. Tadbirkorlik subyektlari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarni amaliy hal etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar masʼullar ishtirokida koʻrib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Uchrashuvda Biznes ombudsman devonining Toshkent shahar shubasi mudiri F. Axmedov, tuman prokurori J. Nuriddinov ishtirok etdi.

Slide 1 of 4