Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati K.Djumanazarova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tuman hududidagi 24-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
📚 O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud kitoblar fondi, ularning saqlanish holati, o‘quvchilarning kitoblardan foydalanishi hamda kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.
📘O‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va kutubxona faoliyatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
📗 O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini yaxshilash, kitob fondini boyitish hamda o‘quvchilarning kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!