FUQAROLAR QABULI
Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati Z.Rahimova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Matyakubova "Bogʻzor" mahallasida fuqarolarning navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdilar.
Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va kundalik muammolar yuzasidan qilgan murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Koʻtarilgan masalalarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qonuniy yechimi topildi.
Mazkur sayyor qabullar xalq va deputat korpusi oʻrtasidagi oʻzaro ishonch koʻprigini mustahkamlash, shuningdek, hududlardagi mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.