#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi
❗️ “IBN SINO” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI BILAN TANISHILDI
🏛 Shayxontohur tumani “Ibn Sino” MFYda olib borilayotgan sessiyaoldi o‘rganishlari davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari mahalla yettiligi a’zolari, mahallaga biriktirilgan bank xodimlari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
📍 O‘rganish davomida dastlab YTT “Suleymanova Fazilat Nurmatovna” tomonidan tashkil etilgan “Rayyona Cafe/Bakery” nomli qandolatchilik faoliyati ko‘zdan kechirildi.
🍰 Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha 2026-yil 27-iyulda ishga tushirilgan bo‘lib, qandolatchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘m miqdorida bank krediti ajratilgan. Loyiha doirasida 2 ta ish o‘rni yaratilgan.
🏦 Deputatlar ishlab chiqarish jarayoni va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, loyihaning amaldagi faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari va tadbirkorlik faoliyatining barqarorligini o‘rgandi. Tadbirkor bilan suhbatda faoliyatni yanada rivojlantirish imkoniyatlari va mavjud masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
🔺 Shuningdek deputatlar tomonidan o‘rganishlar “Yamoqchi” nomi ostida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish maskanida davom ettirildi.
🔧 Mazkur manzilda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, ish jarayoni, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda faoliyat orqali yaratilgan bandlik imkoniyatlari bilan tanishildi.
🗣 Shuningdek, tadbirkor bilan muloqot davomida faoliyatning bugungi holati, xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda mavjud ehtiyojlar muhokama qilindi.
📊 O‘rganishlarda davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlarning joylardagi amaliy natijasi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit mablag‘laridan samarali foydalanish hamda bu orqali aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️ Sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash