35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ISSIQLIK, XAVFSIZLIK VA QULAY SHAROIT: 19-MAKTABDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosining mavsumga tayyorgarligi, o‘quv xonalari va boshqa yordamchi xonalarda zarur sharoitlarni yaratish, sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, maktabning qozonxonasi va isitish tizimi ko‘zdan kechirilib, qozonxona jihozlarining sozligi, isitish tizimining ishlash holati hamda mavsum davomida barqaror faoliyat yuritish imkoniyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, maktabning yoqilg‘i, xususan ko‘mir bilan ta’minlanganlik holati ko‘rib chiqildi. Mavsumni betalafot o‘tkazish uchun zarur ko‘mir zaxirasining mavjudligi, uni saqlash sharoitlari va ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, maktab hududining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, obodonlashtirish ishlari, xavfsizlik choralari hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish holati ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunida qozonxona va isitish tizimini mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2