35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BOLALARNI ZARARLI AXBOROTDAN HIMOYA QILISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

BOLALARNI ZARARLI AXBOROTDAN HIMOYA QILISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
2026-yil 16-sentabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori talablarining tumandagi ijrosi muhokama qilindi.
O‘rganishlar davomida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.