Xususan, Viloyat Kengashidan saylangan deputat Kim Dmitriy hamda Boyovut tumani Kengashi 16-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati Zafar Alimovlar "Do‘stlik" mahallasi fuqarolari bilan uchrashib ularning murojaati yuzasidan hududdagi bir qator obyektlarni joyiga borib o‘rganishdi. Uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalar, transfarmator sig‘imi kichikligi uchun xonadonlarda elektr toki kuchlanishi va juda pasligi, mahalla OSHPdagi ro‘yxatdagi dorilarni fuqarolarga o‘z vaqtida berilayotganligi o‘rganildi. Shuningdek 23-maktabning tamir talab sport zalini ham ko‘zdan kechirishdi.
Transformator masalasi yuzasidan, Boyovut tumani Elektr ta'minoti korxonasiga deputat so‘rovi bilan murojaat qilishga kelishildi.