Deputatlik o‘rganishi davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev “Navro‘z” mahallasida ko‘chaboshilar bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
Uchrashuv davomida bildirilgan murojaat va takliflar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli murojaatlar yo‘llash hamda masalalarni deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olish belgilandi.